TIJORAT BANKLARIDA KREDIT PORTFELI OʻSISHI VA MUAMMOLI KREDITLAR DINAMIKASINING BANK DARAJASIDAGI OMILLARI: GAROV PORTFELINI BOSHQARISH NUQTAI NAZARIDAN TAHLIL

Ключевые слова

Аннотация

Maqolada Oʻzbekiston tijorat banklarida kredit portfelining oʻsish surʼatlari, likvidlik tuzilmasi va mulkchilik shakli muammoli kreditlar (NPL) ulushiga qanday taʼsir koʻrsatishi bank darajasidagi maʼlumotlar asosida tadqiq etilgan. Markaziy bankning 2022 2026-yillar 1-yanvar holatiga statistik maʼlumotlari boʻyicha bank tizimi kreditlarining 94 foizini qamrab oluvchi 23 ta bank tanlanmasida eng kichik kvadratlar usuli bilan regressiya modeli baholangan. Natijalar kredit portfelining ikki yil oldingi jadal oʻsishi joriy NPL ulushini statistik ahamiyatli darajada oshirishini (kreditlarning «yetilish» samarasi), muammoli kreditlarning yuqori inersiyaga egaligini koʻrsatdi. Shu bilan birga, oʻsish samarasi asosan yillik oʻsishi 50 foizdan yuqori boʻlgan banklarda namoyon boʻlishi aniqlangan. Oʻzsanoatqurilishbank, Kapitalbank, «Ipak yoʻli» va TBC banklari misolida garov portfelini boshqarishni oʻsish surʼatiga bogʻlangan holda takomillashtirish boʻyicha takliflar berilgan.

Полный текст