TIJORAT BANKLARIDA GAROV TAʼMINOTI YETARLILIGI VA MAKROPRUDENSIAL LTV CHEKLOVLARINING KREDIT RISKINI PASAYTIRISHDAGI ROLI
Ключевые слова
garov taʼminoti, kreditning garovga nisbati (LTV), makroprudensial siyosat, muammoli kreditlar, stress-test, garov xavfsizlik zaxirasi, tijorat banklari.
Аннотация
Maqolada Oʻzbekiston tijorat banklarida kreditlarning garov bilan taʼminlanganlik darajasi, garov qiymatining bozor narxlariga sezgirligi hamda 2023–2025-yillarda bosqichma-bosqich joriy etilgan kreditning garovga nisbati (LTV) boʻyicha makroprudensial talablarning kredit riskiga taʼsiri tahlil qilingan. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank tizimi statistikasi va 2022–2025-yillar uchun moliyaviy barqarorlik sharhlari maʼlumotlaridan foydalanilgan. Garov narxining pasayishiga nisbatan LTV koʻrsatkichining sezgirlik modeli asosida garov taʼminoti yetishmovchiligi yuzaga keladigan kritik narx pasayishi darajalari hisoblangan. Natijalar LTV cheklovlari garov xavfsizlik zaxirasini kengaytirganini, biroq mikroqarzlar va yuridik shaxslar kreditlari segmentida garov riskini boshqarish vositalari yetarli emasligini koʻrsatdi. Garov qiymatini indekslash, joriy LTV monitoringi va dinamik diskont (haircut) tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.